Oʻzbekiston Prezidenti Eron Prezidenti bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish yoʻllarini muhokama qildi

0
140
marta koʻrilgan.

Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Eron Prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, masʼuliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Joriy yil boshidan oʻzaro savdo koʻrsatkichlari izchil oʻsib borayotgani kuzatilmoqda. Qishloq xoʻjaligi, parrandachilik, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda biznes loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy aloqalar surʼatini davom ettirish va yangi “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida qoʻshma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, “yoʻl xarita”si asosida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta oʻrganiladi.

Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.