Oʻzbekiston Prezidenti jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi

0
133
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga tashrif buyurdi. 

Davlatimiz rahbari ushbu mamlakatda boʻlib oʻtayotgan futbol bayramiga xos koʻtarinki muhitda kutib olindi. 

Shavkat Mirziyoyev “Lujniki” olimpiya kompleksida oʻtkazilgan futbol boʻyicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi. 

Mazmunli gʻoyaviy yechim, noyob texnik imkoniyatlar asosida tayyorlangan tantanali tadbir tomoshabinlarga katta zavq bagʻishladi. Mashhur estrada yulduzlari joʻrligida jahon chempionatining rasmiy qoʻshigʻi ijro etildi. Butun dunyodan kelgan muxlislar futbol olamining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etayotgan mamlakatlar jamoalarini qutladi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonlar qatorida Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinni tomosha qildi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan samimiy muloqotlar oʻtkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunning oʻzida Toshkentga joʻnab ketdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.