Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan taklif etilgan rezolyusiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan maʼqullandi

0
186
marta koʻrilgan.

Joriy yil 18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

Tadbir kun tartibiga birinchi masala sifatida Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish toʻgʻrisidagi rezolyusiya loyihasini koʻrib chiqish kiritilgan edi.

Ushbu rezolyusiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan.

Hujjat BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Hujjatga dunyoning turli mintaqalaridagi 60 ga yaqin davlat, shu jumladan Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya, Pokiston, Eron, Hindiston, Misr, Malayziya, Singapur, Vyetnam, Bangladesh, Iordaniya, Oʻmon, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Vengriya, Ruminiya, Jazoir, Paragvay va boshqa mamlakatlar ham mualliflik qilishdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.