Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari hamkorlik salohiyatidan toʻliq foydalanish zarurligini taʼkidladilar

0
200
marta koʻrilgan.

16 sentyabr kuni Dushanbe shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida oʻtgan sammitida Oʻzbekiston va Pokistonning koʻp qirrali hamkorligini rivojlantirish boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shu yil boshidan ikki tomonlama tovar ayirboshlash 2,5 barobar ortgani, 30 dan ortiq yangi qoʻshma korxona tashkil etilgani taʼkidlandi. Toshkent va Lahor shaharlari oʻrtasidagi aviaqatnovlar tiklandi.

Samarali ishbilarmonlik almashinuvlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish borasida birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi. Eng avvalo, preferensial savdo toʻgʻrisidagi shartnomani tez fursatda qabul qilish, tranzit va savdo munosabatlari toʻgʻrisidagi bitim qoidalarini bajarish, qabul qilingan “yoʻl xarita”siga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.

Uchrashuvda Afgʻonistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.