Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari hamkorlikning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar

0
107
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbarini Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

17 sentyabr kuni bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi davlatlaridan biri. 2001 yilda tuzilgan mazkur tashkilotga bugungi kunda sakkizta mamlakat – Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston aʼzo.

Oʻtgan 20 yilda tashkilot xalqaro doirada nufuzli tuzilmaga aylandi. Bugun ShHT makoni dunyo aholisining qariyb yarmini birlashtirgan, boy tabiiy resurslar, ilgʻor texnologiyalar va ulkan isteʼmol bozoriga ega.

Oʻzbekiston ShHTga savdo-iqtisodiyot, transport va madaniy-gumanitar sohalarda koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy xavf-xatarlar va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishning muhim vositasi sifatida qaraydi.  

Mamlakatimiz tashkilot doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari hamkorlik koʻlamini kengaytirish va natijadorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari Tojikistonning ShHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va boʻlajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli oʻtkazilishini tiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.