Oʻzbekiston “Yil mamlakati” deb eʼlon qilindi

0
238
marta koʻrilgan.
Britaniyaning “The Economist” nashri anʼanaviy tarzda har yili demokratiya sohasida eng katta yutuqlarga erishgan davlatni “Yil mamlakati” deb eʼlon qiladi. 
 
Mukofotning reyting koʻrsatgichlarida inson yashashi uchun qulay mamlakat nomidan eng qashshoq, rivojlanishdan ortda qolgan va siyosiy inqirozga uchragan davlatlar nomi qayd etiladi.
 
Mukofotning bu yilgi umumiy tahliliy hisobotida dunyo mamlakatlari oʻrtasida millatlar va dinlar oʻrtasidagi kuchli ziddiyatlar hukmronlik qilgani qayd etilgan. 
 
Nashrda, shuningdek, Oʻzbekistonda majburiy paxta terimini bekor qilinishi va huquqni muhofaza qilish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholangan. 
 
“Oʻzbekistonda majburiy mehnatga barham berilishi, mintaqadagi eng katta qamoqxonaning yopilishi, xorijiy jurnalistlarning mamlakatga kirishiga keng imkoniyatlar yaratilganligi va qoʻshni davlatlar bilan aloqani yaxshilashda qator chegara punktlarini ochilishi ushbu mamlakatning “Yil mamlakati” mukofotiga sazovor boʻlishiga asos boʻla oladi ”, deyiladi “The Economist” nashrida.
 
OʻzA
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.