Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoning turli burchaklaridan tanlab olingan 100 iqlim himoyachilarini 21 sentyabr, shanba kuni Nyu-Yorkdagi BMTning Bosh qarorgohida BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha yoshlar sammitida ishtirok etish uchun taklif qilinganligini eʼlon qildi.
Yuzta “Yashil chipta” egalari orasida urganchlik iqlim faoli Tanya Sinning borligi ham quvonarli hol.
“Iqlim oʻzgarishi boʻyicha yoshlar sammitida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etish men uchun katta sharafdir. Afsuski, hozirgi kunda iqlim oʻzgarishi muammosi haqiqatdir. Dunyo mamlakatlari iqlim oʻzgarishiga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish, shuningdek, uning ayanchli oqibatlarini yengish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirishi kerak. Koʻproq yoshlar iqlim oʻzgarishi haqida tashvishlanib, ushbu muammoning yechimini izlashga faol munosabat bildirayotganidan xursandman. BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha yoshlar sammiti yoshlarga sayyoramiz uchun xavfsiz kelajak uchun kurashish va buni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir», – deya taʼkidlaydi Tanya Sin.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish “Yashil chipta” egalarini va barcha muvaffaqiyatli arizachilarni oʻz videomurojaati orqali tabriklab, shunday dedi: “Dunyo yoshlarini Sammitni onlayn tarzda kuzatib borishga va oʻz mamlakatlaridagi iqlim himoyachilari harakatlarida faol boʻlishga chaqiraman”.
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha yoshlar sammitining bir kunlik dasturida ilm-fan asosidagi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish tarafdorlari boʻlgan yosh faollar, novatorlar, tadbirkorlar va yangicha fikrlovchi yoshlarni birlashtiradi.
Manbaa: Oʻzbekistondagi BMT vakilligi sayti