Pokiston milliy yodgorlik majmuasiga tashrif

0
146
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Pokiston monumenti” milliy yodgorlik majmuasida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Islomobod shahridagi majmua qariyb 3 gektar maydonni egallagan, uch yil davomida qurilib, 2007 yilda ochilgan. Yodgorlikning shakli gul barglariga oʻxshaydi. Toʻrtta yirik barg Pokistonning toʻrt provinsiyasini ifodalaydi. Eʼtiborlisi, majmua boburiylar meʼmorchiligi anʼanalari asosida barpo etilgan. Bu yerda tarix muzeyi ham bor.

Davlatimiz rahbariga majmuadagi suratlar tarixi haqida soʻzlab berildi.  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.