Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Bartin provinsiyasidagi koʻmir konida yuz bergan portlash oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanga taʼziya yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olgan konchilar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Manbaa:Prezident Matbuot kotibi kanali