Oʻzbekiston Prezidenti tashrifi arafasida Vashingtondagi Artur Sakler galareyasida oʻzbek atlasi va adrasi koʻrgazmasi ochilgan edi.
Davlatimiz rahbari mazkur koʻrgazma bilan tanishdi.
Ushbu galereya Sharq sanʼati muxlisi boʻlgan Artur Sakler tomonidan tashkil etilgan. Bu yerda Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari sanʼati namunalari namoyish etib kelinadi.
Shu kunlarda davom etayotgan koʻrgazmada Garvard universiteti olimi Guido Goldman tomonidan toʻplangan qadimiy atlas va adras kiyimlar, amerikalik dizayner Oskar de la Renta tikkan shunday liboslar namoyish etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev muzeyning Markaziy Osiyo boʻlimidagi miniatyura va qoʻlyozmalarni koʻzdan kechirdi, oʻzbek amaliy sanʼati buyumlari tarixi bilan qiziqdi.