AQSHda raqamli sensorli dori ishlab chiqarila boshlandi, deya xabar beradi Reuters axborot xizmati. Mazkur dori bemorlarning hapdorini qabul qilish jarayonini kuzatib borish maqsadida yaratilgan boʻlib, tibbiyot va texnologiya sohalari integratsiyasi natijasi, desa mubolagʻa boʻlmaydi.
Dori shizofreniya, depressiya va boshqa ruhiy kasalliklarda qabul qilinadi. Bemor uni qabul qilganidan soʻng shifokor smartfoniga xabar yuboriladi. Oshqozonga tushgan dori namlanadi. Bu sensorli dori uchun signal vazifasini bajaradi. Signalni olgan sensorli dori smartfonga xabar yuboradi va shu tariqa bemorning davolanish muolajasi kuzatib boriladi.