Rossiya rektorlar uyushmasining XI syezdi boʻlib oʻtdi

0
169
marta koʻrilgan.

Xabaringiz boʻlsa, joriy yilning 26 aprelida Sankt-Peterburg shahrida ilm-fan sohasiga oid nufuzli tadbir tashkil etilgan edi. Rossiya federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ochib bergan mazkur tadbir Rossiya rektorlar uyushmasining tarixiy syezdi boʻlib, unga xalqaro tashkilotlar, xorijiy oliy taʼlim muassasalari vakillari ham taklif etildi. 

Oʻzbekiston Milliy universitetidan OʻzAga maʼlum qilishicha, xalqaro tadbir mehmonlari safidan Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasasi vakillari ham joy olgan. Xususan, mamlakatimizdan OʻzMU rektori Avazjon Marahimov mazkur syezdda ishtirok etib, uyushmaning rektorlar hayʼati raisi oʻrinbosarligiga tayinlandi.

Maʼlumot uchun: Tashkil topganiga bu yil chorak asr boʻlgan Rossiya rektorlar uyushmasi umumdavlat jamoatchilik tashkiloti hisoblanib, unga RF OTMlarining 700 ga yaqin rektori aʼzo hisoblanadi. Mazkur uyushma oliy taʼlim sohasini barqaror va innovatsion rivojlantirish, mahalliy va xorijiy OTM rahbarlari uchun keng va samarali muloqot, tajriba almashish platformasini yaratish kabi vazifalarni bajarib keladi. 

Malohat Husanova, OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.