Salmoqli hujjatlar toʻplami imzolandi

0
77
marta koʻrilgan.

Davlat rahbarlarining samarali muzokaralaridan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Chje In Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni qabul qildilar.

Bu hujjatda oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini keng nishonlash, ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadlari oʻrin olgan. Raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot va kuchli ijtimoiy siyosat sohalari alohida strategik sheriklikning uch muhim yoʻnalishi sifatida belgilangan.

Ikki mamlakat rahbarlari huzurida Sogʻliqni saqlash sohasida hukumatlararo bitim, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 2022-2024 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi, Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2022-2024 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi, shuningdek, energetika sohasida oʻzaro muloqot oʻrnatish, “aqlli shahar”larni rivojlantirish, Iqtisodiy taraqqiyotga koʻmaklashish jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish, nodir metallar, mis va ularning qotishmalariga oid memorandumlar imzolandi.

Shuningdek, tashrif doirasida axborot texnologiyalari, “aqlli” qishloq xoʻjaligi sohalariga oid memorandumlar hamda Iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tibbiy uskunalar yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.