Sankt-Peterburg shahrining Krasnoselskiy tumanidagi koʻp qavatli uyda portlash roʻy berdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa tumandagi 219-uyda sodir boʻlgan. Oqibatda ikki kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qavatlarning shifti qulab tushgan.
Tezkor xizmatlar vakilining soʻzlariga koʻra, portlash maishiy gaz sababli yuz bergan boʻlishi mumkin.