Saylov Vladivostokda boshlanib Amerikada nihoyasiga yetadi

0
127
marta koʻrilgan.
Xalqaro matbuot markazida Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Qayd etilganidek, xorijiy davlatlarda 55 saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Vladivostokda Toshkent vaqtiga qaraganda besh soat oldin saylov uchastkasi ochilib, ovoz berish boshlangan.

Xorijiy davlatlarda hududiy doirasi inobatga olingan holda saylov uchastkalari tashkil etilgan. Masalan, Rossiya hududi kattaligi, ushbu mamlakatda koʻplab oʻzbekistonliklar taʼlim olayotgani, mehnat qilayotgani sababli 8 saylov uchastkasi tashkil etilgan.

I. Neʼmatovning qayd etishicha, ilgari har bir mamlakatda bitta saylov uchastkasi boʻlgan va saylovchilarga ovoz berishda muammo tugʻdirgan. Qolaversa, shunchaki ishlab yurganlar saylovga jalb etilmagan. Hozirgi kunda saylov uchastkalari koʻpaytirilishi bilan bir qatorda koʻchma ovoz yigʻish mexanizmidan ham foydalanilmoqda. Eng muhimi, xorijda yurgan, saylash huquqiga ega hech bir fuqaro eʼtibordan chetda emas.

Kunning birinchi yarmigacha 1,4 mingga yaqin xorijdagi yurtdoshlarimiz saylovda ovoz bergan.

AQSHning Nyu-York va Vashington shaharlarida Toshkent vaqti bilan 18.00 da saylov uchastkalari ochiladi.

Shunday qilib, Vladivostokda boshlangan ovoz berish jarayoni Amerikada nihoyasiga yetadi.

 

Norgul ABDURAIMOVA, OʻzA

 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.