Shavkat Mirziyoyev koreyalik vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatdi

0
67
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, marhumlar xotirasiga ehtirom koʻrsatdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu yerda Koreya mustaqilligi uchun kurashgan hamda urushlarda halok boʻlgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qoʻshgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan. Shu bois u tabarruk qadamjo sifatida eʼzozlanadi. Xorijiy davlatlar rahbarlarining bu yerga kelishi koreys xalqiga hurmat ifodasi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida mazkur qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qoʻydi va esdalik bitigi qoldirdi. Bu bitik majmua muzeyidan joy oladi.

Davlatimiz rahbari Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.