Shaxmatchilarimiz gʻalaba bilan qaytishmoqda

0
144
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 4-11 sentyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida 6-20 yoshlilar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqa qatnashchilari standart, rapid va blits boʻyicha bellashdilar.

Chempionatda oltin medalni qoʻlga kiritganlar Xalqaro grossmeystr unvoniga ega boʻlishdi. Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimiz sharafini 11 nafar shaxmatchi himoya qildi. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdumalik Abdusalimov va Muhammadali Abdruhmonov hamda ayollar oʻrtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Bahora Abdusattorova ham bor.

Hamyurtlarimiz chempionatda munosib ishtirok etib 10 davlat ichida 3 ta oltin, 1ta kumush, 4ta bronza jami 8ta medalni qoʻlga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Abdumalik Abdusalimov 20 yoshlilar oʻrtasida(standart), Muhammadali Abdurahmonov 18 yoshlilar oʻrtasida(rapid), Davron Sharipov esa 14 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida(blits) chempionlik maqomiga erishishdi.

Maftuna Bobomurodova 14 yoshlilar oʻrtasida kumush, Muhammadiso Ubaydullayev 8 yoshlilar oʻrtasida(blits), Abdumalik Abdisalimov 20 yoshlilar oʻrtasida(blits), Bahora Abdusattarova 20 yoshlilar oʻrtasida standart hamda blits yoʻnalishlarida bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.