Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidan soʻng hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi. Aʼzo mamlakatlar oʻrtasida turli sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, ShHTning boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligiga doir 22 ta hujjat imzolandi.
Oʻzbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHTga aʼzo mamlakatlarning raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi hamda Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga 2019-2020 yillar davrida raislik Rossiya Federatsiyasiga oʻtdi.