ShHTga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining Pekin shahridagi majlisi

0
113
marta koʻrilgan.

2018 yilning 13-16 mart kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Oʻzbekiston vakillari tomonidan ShHT Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashi (bosh vazirlar) boʻlajak majlislarining kun tartibi va yakuniy hujjatlari loyihalari, tashkilotning mazkur muhim tuzilmalariga tayyorgarlik koʻrish jarayoni muhokama qilindi.

Milliy koordinatorlar 2018 yilga moʻljallangan asosiy tadbirlar dasturi va koʻp tomonlama hamkorlikning boshqa masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

 Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.