Kaliforniyadagi Stenford universitet talabalari PIGEON neyrotarmogʻini yaratishdi. Yaratma GeoGuessr oʻyiniga oʻrgatilgan. Mazkur oʻyin insonni suratiga qarab turgan joyini aniqlaydi.
PIGEON neyrotarmogʻi bu vazifani insondan yaxshiroq bajarib, 95 foiz aniqlikka erishdi. Lokatsiya 40 kilometrga adashdi. U hatto GeoGuessrning eng zoʻr oʻyinchisi ustidan gʻolib boʻldi. PIGEON insondan zoʻrligiga yana bir dalil shuki, u hatto kutilmagan holatlarni, jumladan, ob-havo, tuproq va oʻsimliklarning oʻziga xosligini ham hisobga olgan.
Mualliflar neyrotarmoqni yanada chuqurroq oʻrganish uchun «Google Map»dan emas, balki oʻzining shaxsiy fotoalbomidan bir nechta rasmni tashlab koʻrishdi. Natija shu boʻldiki, neyrotarmoq mazkur surat qaysi shtatda olinganini aniqlab berdi.
Tajriba faqat talabalar tomonidan amalga oshirilgan sunʼiy intellekt modeli edi. Agar shunday neyrotarmoqni oʻqitish uchun katta resurslarga ega boʻlgan yirik kompaniya yaratganida edi, yakuniy mahsulot insonning suratiga qarab uning geopozitsiyasini yanada aniq aytib bergan boʻlardi.
Talabalarning taʼkidlashicha, PIGEON neyrotarmogʻining jamiyatga foydasi boʻladi. Masalan, uning yordamida olimlar arxiv fotosuratlariga qarab joylarni izlab topa oladi. Bu ayniqsa, qadimshunoslar uchun muhim. Odamlar borishi zarur boʻlgan joyni suratini internet orqali koʻrgandan keyin qidirib topa oladi.
Ha, Stenford universiteti talabalarining amaliy tajribalariga qoyil qolmasdan iloj yoʻq. Barcha universitetlarning talabalariga ana shunday yangiliklar yaratish nasib qilsin.
gujum.uz