Suriyaning Douma shahrida kimyoviy qurol qoʻllangan boʻlishi mumkin

0
107
marta koʻrilgan.

Kimyoviy Qurollarni Taqiqlash tashkiloti aprel oyida Suriyaning Douma shahriga qilingan hujumda xlor moddasi ishlatilgan boʻlishi mumkinligi haqida axborot tarqatgan. Bu haqda BBS axborot agentligi xabar beradi.

Douma shahri kasalxonalariga 7 aprel kuni kimyoviy moddalardan zaharlangan deb taxmin qilinayotgan 500 dan ortiq bemorlar olib kelingan. Yosh bolalarning terisi taʼsirchan boʻlganligi sababli kasallarning katta qismi ham aynan bolalardir.

Jangarilar tomonidan qoʻlga olingan Sharqiy Gouta hududiga aprel oyida hukumat tomonidan qilingan hujumda koʻplab kishi halok boʻlgandi. Uni ketidan esa AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya qurolli kuchlari havo hujumini oshirgandi. Havo hujumidan soʻng shaharda kuchli xlor moddasi hidi tarqagan. Suriya hukumati kimyoviy qurol qoʻllaganini inkor etyapti. Oddiy xalq teridagi kimyoviy moddalarni suv bilan yuvib tashlash mumkinligiga ishonadi.

Kimyoviy Qurollarni Taqiqlash tashkilotining maʼlumot berishicha, ikki joydan olingan namunalarda xlor moddasi topilgan boʻlsada, asab tizimiga kuchli taʼsir etuvchi fosforoorganik kimyoviy modda topilgani hali aniqlanmagan. Lekin tekshiruv guruhi hali yakuniy xulosa berganicha yoʻq. Ikki oy davomida Doumaga qilingan hujum natijasida 1700 dan ziyod aholi qurbon boʻlganligi aytilmoqda.

Kamola HATAMOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.