Ummon Sultonligining Sulton Qobus universitetida malaka oshirayotgan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetimiz Arabshunoslik oliy maktabi professor-oʻqituvchisi A.Rustamov bilan birga maxsus kurs doirasida oʻzimizning qadrdon Toshkent davlat sharqshunoslik universitetimiz haqida taqdimot oʻtkazdik.
Taqdimotda Sulton Qobus universiteti professor-oʻqituvchilari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Ummon sultonligida boʻlib oʻtayotgan Malaka oshirish kurslarining keyingi kuni shahar va qishloq maktablariga hamda ushbu hududlarning tarixiy joylariga sayohat uyushtirildi.
Shahar va qishloq maktablarida taʼlim darajasi, arab tilini oʻqitish usullari bilan tanishdik. Shuningdek, biz ham suhbatimiz davomida Oʻzbekiston hakida bundan deyarli ming yil avval arab tilida kitob va darsliklar bitgan alloma-yurtdoshlarimiz Al Xorazmiy, Zamaxshariy, Beruniy, imom Buxoriy, al Fargʻoniy kabi allomalarimiz, arab tiliga ixtisoslashgan maktablarimiz, oliy oʻquv yurtlarimiz hakida maʼlumot berdik.
Bu sayohat biz – malaka oshirishga borgan pedagoglar uchun muloqat va tajriba almashish maskani boʻldi.
Qishloq va shaharlarning tarixiy joylarini tomosha qilish ham yaxshi taassurot qoldirdi.
Nodira SAʼDULLAYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-oʻqituvchisi