Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan toʻrtinchi Yevroosiyo ayollar forumida Oʻzbekistonda xotin-qizlar manfaati davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligi taʼkidlandi, Hayotning barcha jabhalarida ularning faolligini oshirish boʻyicha kompleks dastur haqida soʻz yuritildi, deya xabar beriladi Tanzila Norboyeva telegramm kanalida.
Shuningdek, 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga, qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olishga doir tajribamiz bilan oʻrtoqlashdik.
Bugun mamlakatimizda rahbar lavozimidagi ayollar 35 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2017-yilda ular atigi 27 foiz edi. Parlament aʼzolarining soni 32 foizdan ortiqdir, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos keladi.
Islohotlar natijasida 2024-yilda Jahon banki oʻzining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida Oʻzbekistonni gender tenglikni taʼminlashda eng katta yutuqlarga erishgan beshtalik qatoriga kiritgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida eʼtirof etildi.
Tanzila Norboyeva telegramm kanalidan