Telekommunikatsiyani rivojlantirish boʻyicha xorijlik ekspertlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

0
94
marta koʻrilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda konsalting va audit boʻyicha professional xizmatlarni koʻrsatuvchi Price water house Coopers xalqaro kompaniyalar tarmogʻi delegatsiyalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ekspertlar guruhi Oʻzbekistonning telekommunikatsiya bozorida olib borilgan oʻrganishlar natijasiga oid hisobotni taqdim qildilar. Shuningdek, taqdimotda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan xalqaro ilgʻor tajribalar qayd etildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari mamlakatning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga oid investitsion loyihalarni amalga oshirishga, xususan xalqaro internet tarmogʻiga ulanish tezligini oshirish boʻyicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

Tomonlar hamkorlikni ekspertlar ishtirokida ikkala tomon uchun ham manfaatli kelishuvlar doirasida davom ettirishga kelishib oldilar.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.