“The New York Times” gazetasi Buxoroni 2025 yilda tashrif buyurishga arziydigan shaharlar qatoriga kiritdi

0
80
marta koʻrilgan.

Amerikaning yetakchi nashri “The New York Times” Buxoro shahrini 2025 yilda tashrif buyurishga arziydigan 52 ta eng yaxshi joy roʻyxatiga kiritdi. Nashr Buyuk ipak yoʻlidagi muhim nuqta boʻlgan ushbu qadimiy shaharga eʼtibor qaratishga chaqirmoqda.

Maqolada joriy yilning kuzida Buxoroda birinchi marotaba zamonaviy sanʼatni oʻzida namoyon etadigan Buxoro biyennalesi boʻlib oʻtishi qayd etilgan. 5 sentyabrdan 20 noyabrgacha davom etadigan anjumanda jahonning mashhur rassomlari, jumladan, britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli va boshqa taniqli ustalar asarlari namoyish etiladi.  

Qayd etish joizki, biyennale shaharning tarixiy markazida, bir necha asrlardan buyon mavjud karvonsaroylar, diniy maktablar va islom madaniyatining boshqa meʼmoriy durdonalari oʻrtasida oʻtkaziladi.  

“The New York Times” gazetasida yozilishicha, oʻtgan yili parvozlarni amalga oshira boshlagan “Silk Avia” va “Air Samarkand” milliy aviakompaniyalari tufayli Oʻzbekiston boʻylab sayohat ancha osonlashgan.  

B.XUDOYBERDIYEV,  OʻzA  
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.