Tokio-2020: Medallar jamgʻargan davlatlar haqida qiziqarli dalillar

0
285
marta koʻrilgan.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ham oʻz poyoniga yetdi. Unda medallar jamgʻarish boʻyicha bir qator qiziqarli faktlarga guvoh boʻlish mumkin. Ushbu maqolada ulardan ayrimlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Avvalo, shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, Yaponiya hukumati yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramasdan ushbu Olimpiadani oʻtkazishni zimmasiga oldi va uni yuqori saviyada tashkil qildi. Garchi arenalarga muxlislar kiritilmagan boʻlsa ham, yapon xalqi Tokio koʻchalarida Olimpiyachilarimizni qoʻllab-quvvatlab, ulardan dastxat olib turishi, esdalik uchun suratga tushishi, atletlarimizga boʻlgan eʼtibori katta ahamiyat kasb etdi.

Bermuda orollari, Filippin, Qatar davlatlari ilk bor Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Burkina-Faso, San-Marino, Turkmaniston mamlakatlari ilk bor Olimpiya oʻyinlarida medal oldi.

Erkaklar oʻrtasida balandlikka sakrash dasturida 2 atlet birgalikda eng yaxshi natijani qayd etishgani uchun har ikkilariga oltin medal topshirildi. Bunday vaziyatda reglamentga koʻra, kumush medal berilmadi.

Ushbu Olimpiadada 93 mamlakat medal oldi, ularning 65 tasi esa oltin medalga sazovor boʻldi.

Qozogʻiston oʻz tarixida ilk bor oltin medal qoʻlga kirita olmadi.

Delegatsiyamiz 5 sport turida 5 ta medal jamgʻardi.

Mamlakatimiz medallar sifati boʻyicha (3 ta oltin, 2 ta bronza) Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Eron kabi yetakchi sport derjavalaridan keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qoʻmitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi natijaga erishdi.

Yuqoridagi rasmda:
Oltin rangda: Oltin medal olgan davlatlar
Kumush rangda: Kumush va bronza medal olgan davlatlar
Bronza rangda: Bronza medali olgan davlatlar
Moviy rangda: Medalsiz ortga qaytadigan davlatlar
Qizil rangda: Ishtirok etmagan davlatlar:

Quyida bir qator mamlakatlarning medal jamgʻarish boʻyicha statistikasi berilmoqda:

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.