Turkiy kengashning yangi binosi oldida bayroqlar koʻtarildi

0
202
views

Istanbul shahrida 12 noyabr kuni Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq koʻtarish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tantanali ravishda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, shuningdek, Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari koʻtarildi.

Ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim oʻrin tutishiga umid bildirildi.

Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here