Turkiyada tahsil olayotgan Oʻzbekiston yoshlari “Doʻstlik loyihasi” doirasida hamyurtlari bilan uchrashishdi

0
271
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot kotibining xabariga koʻra, joriy yilning 6-may kuni Oʻzbekiston hamda Turkiyada tahsil olayotgan Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasidagi “Doʻstlik loyihasi” doirasida Oʻzbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakilini saylash hamda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi maʼsul xodimlari, shuningdek, Turkiyada tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv doirasida Oʻzbekiston Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining raisi Murodilla Alimbayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori Aktam Jalilov hamda Turkiyada magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar, yosh olimlar ishtirok etdilar.

Ushbu yigʻilishda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari soʻzga chiqib, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va taʼlim sohasidagi islohotlar yangi bosqichga koʻtarilganligini, xususan, Oʻzbekiston va Turkiya davlatlari rahbarlari oʻrtasidagi muzokaralar hamda kelishuvlar toʻgʻrisida  gapirishdi.

Yigʻilish soʻngida Oʻzbekiston Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili etib Ergash Jumayev saylandi. U bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, Turkiyadagi Oʻzbekiston yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga hamda ularning oʻz mutaxassisliklari boʻyicha zarur koʻnikmalarni egallashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilishida koʻmaklashishga harakat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.