Uch kunlik magnit boʻroni

0
388
marta koʻrilgan.

Bugundan 4 fevralgacha magnit boʻroni kutilmoqda. Ushbu ilmiy tahlilni Bulorus Fanlar akademiyasining Fizika instituti quyosh nurlari astronomiyasi laboratoriyasi olimlari amalga oshirdi, deya xabar beradi «Minsk-Novosti» agentligi muxbiri.

Mazkur kunlarda geomagnit faolligi oshishi kutilmoqda, ammo uning kuchi G1.darajaga yetib bormaydi.

Bunday kunlarda mutaxassislar organizmni zoʻriqtiradigan  ogʻir mehnatlarni va haddan tashqari toʻyib ovqatlanishni tavsiya etmaydilar. Ortiqcha ovqatlanish yurak-qon tomir tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Magnit boʻronlari paytida uyquchanlik yoki uyqusizlik kuzatiladi. Inson oʻzini yomon his qilishi mumkin. Ushbu kunlarda osoyishta turmush tarzi eng maʼqul yoʻl.

Oydin Saʼdullayeva tayyorladi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.