2022 yil 15 aprel, Samarkand sh., Oʻzbekiston – AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Oʻzbekiston boʻylab qishloq xotin-qizlari uchun bilim va kasb tanlash boʻyicha oʻz koʻnikmalarini rivojlantirish, hamda ish bilan taʼminlanishiga yoki oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashga koʻmaklashish maqsadida “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazining hamkorlari boʻlgan 13 ta hududiy NNTlar bilan birgalikda faoliyat olib boradi.
Eslatma: Mazkur tashabbus USAID ning Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Agrobiznesni rivojlantirish boʻyicha besh yillik loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaning maqsadi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha qiymat yaratiladigan butun zanjir boʻyicha qoʻshimcha qiymatli yangi texnologiyalarni va boshqaruv usullarini joriy etish orqali mamlakat qishloq xoʻjaligida xususiy sektorni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Ushbu ijobiy harakatlar Oʻzbekistonda qoʻshimcha qiymatli mahsulotlarni koʻpaytirish, shu yoʻnalishga xotin-qizlar va yoshlarni jalb qilish, taʼlim muassasalarining xususiy sektor bilan aloqalarini kengaytirish va qishloq xoʻjaligi uchun maqbul boʻlgan siyosatni ilgari surishga yoʻnaltirilgan.
Quyidagilar: Qorakalpogʻiston Respublikasi “Orol oltin merosi”, Oʻzbekiston “Tadbirkor ayol” assotsiyasiyasining Andijon va Buxoro boʻlinmalari, Jizzax “Kalb nuri”, Namangan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi“, Navoiy “Imkoniyat”, Sirdaryo “Yoshlar ittifoqi”, Surxandaryo “Ayol va zamon”, Toshkent “Nixol”, Fargʻona “Taraqqiyot”, Xorazm “Interbilim”, Qashqadaryo “Yuksalish” NNTlari “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazining hamkorlaridir.
Dastur doirasida, USAID oʻz ishini endi boshlagan tadbirkor ayollarning startap loyihalariga koʻmaklashish uchun ularga uskunalar sotib olishga karatilgan eng yaxshi biznes rejalarni moliyalashtiradi.
– “USAID koʻmagida qishloq xotin-qizlariga ishga joylashish, oʻz daromadini koʻpaytirish va jamiyat farovonligiga hissa qoʻshish imkonini beradi. Bunday tashabbusning amalga oshirilishi Oʻzbekistonda ayollarning iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishda, maqsadlariga erishishga yordam beradi” – deydi USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit.
Loyixaning ijtimoiy axamiyatga ega ekanligini va maqsadli guruhlarga davlat idoralari va NNTlar tomonidan kompleks yondashuvining yoʻlga koʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi xamda «Sabr» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi oʻrtasida ijtimoiy sheriklik Memorandumi imzolandi, unga koʻra oʻquv kurslari barcha xududlardagi “Ishga marxamat” Monomarkazlari va Kasb-xunar maktablarida olib boriladi va barcha qishloq joylarida yashovchi ayollardan tanlab olingan ishtirokchilar – AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi xamda «Sabr» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi tomonidan tayyorlangan sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
Oʻquv dasturi, qishloq xotin-qizlarini tadbirkorlik sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun ish yuritish va moliyaviy boshqaruv, buxgaletriya hisobi va biznes-rejalashtirish asoslari, mehnat huquqlari va gender tenglikni taʼminlash boʻyicha seminar-treninglar, issiqxona va tomorqa bogʻdorchiligi, asalarichilik, ipakchilik, quyonchilik va parrandachilik, anʼanaviy xalq hunarmandchiligi, qandolatchilik, oshpazlik, sartoroshlik, uqalovchi, toʻkimachilik, kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari boʻyicha kasbiy koʻnikmalarga ega boʻladilar.
Dastur doirasida qamrab olgan 1000 nafarga yaqin ishtirokchining kamida 30 foiziga ishga joylashish yoki startaplarini moliyalashtirish orqali yangi imkoniyatlar yaratiladi. «Sabr» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi tanlangan bitiruvchilarga mikrokreditlar ajratishni nazarda tutgan boʻlib, USAID esa, oʻz navbatida biznesni ochish yoki kengaytirish uchun zarur boʻlgan uskunalar bilan taʼminlaydi. Oʻquv kurslarini Muvaffaqiyatli bitirganlar shuningdek, stajirovka, ishga joylashish va murabbiy topish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.
Ushbu dastur USAID tomonidan 2021 yilda ajratilgan 1 mln. AQSH dollar mablagʻi asosida ishga tushirilgan va Oʻzbekistonning qishloq xotin-qizlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirish va kasbiy taʼlim, mikromoliyalash, murabbiylikka oid tadbirlar hamda ishga joylashtirish tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.
Eslatma: USAID Oʻzbekiston Hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va hududiy savdo hajmini koʻpaytirish, jamoat xavfsizligi uchun jiddiy tahdidlarni, jumladan COVID-19 tahdidini yoʻqotish va Hukumatning aholi ehtiyojlariga javob choralarini koʻrish salohiyatini oshirish maqsadida hamkorlik qilmoqda.
Faxriddin RAJABOV, huquqshunos