UzTrade AQSH yoʻnalishida eksportni kengaytirmoqda

0
168
marta koʻrilgan.

Oʻzbek milliy mahsulotini AQSH bozoriga eksportini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi qoshidagi UzTrade kompaniyasi Golden Natural Product Inc.​ (AQSH) kompaniyasi bilan 500 ming dollar qiymatda quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga shartnoma imzoladi.

Mazkur eksport shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Nyu-York shahriga buyurgan oliy darajadagi tashrifi doirasida, UzTrade AJ hamda kompaniyaning AQSH dagi Savdo uyi UzAmerican trade Corp oʻrtasida imzolangan kelishuvlar asosida amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda SP OOO Best Tastes Technology tomonidan ishlab chiqarilgan UzKand mahalliy belgisi ostidagi quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarining ilk partiyasi eksport qilindi.

 

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.