Vengriyadagi tarixiy qalʼa Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida yoritildi

0
40
marta koʻrilgan.

2024 yil 31 avgust-1 sentyabr kunlari Vengriya poytaxtining eng mashhur meʼmoriy inshootlaridan biri – Baliqchilar qalʼasi ilk bor Oʻzbekiston bayrogʻi ranglari bilan yoritildi.

Ushbu tadbir mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi tomonidan OTP Bank koʻagida mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Turizm qoʻmitasi xabar berishicha, Buda tepaligi tarixiy tumanida joylashgan Baliqchilar qalʼasi koʻhna shaharning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri. Yil davomida butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qilib turadigan, YUNESCO Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan bu bino Vengriyaning boy tarixi timsolidir.

Ushbu qalʼa Vatanimiz tugʻiga mos tovlanishi ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik ramziga aylandi.

Vengriyadagi tarixiy qalʼa Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida yoritildi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.