Virjiniya  shtatidagi chorvachilikning oʻziga xosligi eʼtiborimni tortdi

0
273
marta koʻrilgan.

 Virjiniya  shtati AQSHning sharqiy qismida joylashgan boʻlib, 8.5 mln. aholi yashaydi. Aholi soniga koʻra AQSHda 12–nchi oʻrinni egallaydi. Poytaxti  — Richmond deb nomlanadi. 

Bu shtatning umumiy maydoni  110 785 km. boʻlib, uning sharqiy qirgʻoqlarini  Atlantik okeani yuvib turadi, janubdan Shimoliy Karolina va Tennessi shtatlari bilan chegaradosh. Sharqiy qismida botqoqliklar koʻp uchraydi, hududidan bir necha daryolar oqib oʻtishi bunga sababdir. Shtatning 60 foyizdan ortiq qismi oʻrmonlar bilan qoplangan. Iqlimi subtropik boʻlib yozi namli va issiq, qish fasli esa yumshoq, qattiq sovuqlar boʻlmaydi.

 Qishloq xoʻjaligida soya, paxta, tamaki va olma daraxti katta maydonni  egallaydi. Men 2019 yil Virjiniya shtati boʻylab yurganimda soya ekilgan maydonlarni koʻrganimda juda xursand boʻldim, shuningdek tamaki va makkajoʻxorilarni yam-yashil maydonlarni koʻrib havasim keldi. Chunki, Virjiniya qishloq xoʻjaligida soya va makkajoʻxorining tup soni qanchalar toʻgʻri tashlangani va biron dalada siyrak yoki yomon oʻsgan ekinlarni koʻrmadim.

 Yana meni  hayratga solgan ikkinchi narsa qoʻylarni boqish va  ularning turar joylarni oʻrab quyish usuli men uchun mutlaqo yangilik boʻldi.  Chunki shahar boʻylab tomosha qilgaimizda qoʻylarning qoʻralari yogʻochlarda aylantirilgan va ularni bosh suqib toʻxtab turishlari uchun burchaklar tayyorlangan edi. Chunki qoʻylar yozda issiqdan qochib boshini biron joyga salqinga quyishni hohlaydi, ammo bizdagi qoʻtonlar gir aylana qilinadi. Virjiniyada esa qoʻylar dam olishiga sharoit yaratilgan ekan. Chorvachilikda Virjiniyada qoramollar, qoʻylar va amekaliklar xush koʻradigan kurkalar koʻp yetishtiriladi, ushbu chorvachilik aholi turmush tarzini  yaxshilash uchun juda zarur. Shuningdek, shtatda okean yonida boʻlgani uchun baliqchilik rivojlangan va dengiz mahsulotlari oziq-ovqat mahsuloti sifatida katta daromad manbai hisoblanadi.

 Virjiniya AQSHning qishloq xoʻjaligi rivojlangan   eng badavlat shatatalardan biridir.

Eski Virjiniya boʻylab kezar ekanman, oʻtgan asrda bu yerda yashagan gubernatorlarning uyi, hayoti nihoyatda oddiy boʻlganini koʻrib, hayratga tushdim. 

D. YORMATOVA, professor 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.