Xalqaro “Bahodirlar oʻyini” turniri ishtirokchilarining dil soʻzlari

0
183
marta koʻrilgan.

Xorazm. Kadimiy va xamisha navkiron Xivada birinchi bora oʻtkazilayotgan Xalqaro “Bahodirlar oʻyini” turniri mehmonu mezbonlarda katta tassurot qoldirdi. Turli davlatlardan tashrif buyurgan 30 nafardan ortiq xalqaro toifadagi sportchilar jam boʻlishdi.

Ichon Qalʼaning Ota darvozasi oldida oʻtkazilgan tantanali ochilish marosimidan soʻng ishtirokchilar Pahlavon Mahmud maqbarasini ziyorat qilishdi va uning mahobati barchani hayratlantirdi.

 – Bu juda muhim musobaqa, chunki u qadimiy qadriyatlarni, xalqona oʻyinlarni ulugʻlashi bilan oʻziga xosliklari mavjud. Bizning xalqaro federatsiya koʻplab turnirlar oʻtkazadi. Bu turnir ularning hech biriga oʻxshamaydi. Ishonamanki,  Osiyoda bu eng katta turnir hisoblanadi. Taassurotlarim boy, men Xivaga tashrif buyurganimdan, qadimiy goʻzalliklarni koʻrganimdan bagʻoyat xursandman. – dedi latviyalik ishtirokchi Vladislav Redkin.

 – Xalqaro turnir doʻstlik va tinchlik ramziga aylandi. Bu turnir kelajakda yanada yuksalib, nufuzli tadbirlardan biri boʻlishiga intilamiz – dedi Xalkaro Bahodirlar oʻyinlari  Federatsiyasi Prezidenti R.Vladiyelov 

Dilbar BEKCHANOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.