Xalqaro UFC turnirida birinchi oʻzbekistonlik sportchi

0
404
views

Abu-Dabida boʻlib oʻtayotgan UFC 257 aralash yakkakurashlar musobaqasining asosiy turnirida oʻzbekistonlik Maxmud Murodov  amerikalik Endryu Sanchesga qarshi maydonga tushdi. 

Biz bellashuvni uzreporttv da qiziqish bilan tomosha qildik. Oʻrta vazn toifasida  boʻlib oʻtgan jangning birinchi raundida-yoq hamyurtimizning ustunligi sezildi.

Jangdagi hal qiluvchi lahza uchinchi raund daqiqalarida sodir boʻldi, Sanches ajoyib zarbalarni yaratgan Muradovning bosimiga dosh berolmadi. Amerikalikning qarshilik qila olmasligini koʻrgan hakam  jangni toʻxtatdi.

Maxmud Murodov UFC musobaqasida qatnashayotgan  oʻzbekistonlik birinchi sportchidir. U Oʻzbekiston bayrogʻini koʻtarib, jang maydonini quvonch bilan aylandi.

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here