Xitoy yetakchisi Oʻzbekiston Prezidentini Navroʻz bilan tabrikladi

0
96
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Oʻzbekistonning milliy bayrami – Navroʻz ayyomi bilan Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan oʻz nomimdan Sizni va Oʻzbekiston xalqini chin qalbimdan muborakbod etishdan gʻoyat mamnunman.

Oʻtgan yili sentyabr oyida Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifim chogʻida boʻlib oʻtgan doʻstona va sermahsul muzokaralarimiz natijasi oʻlaroq mamlakatlarimizning strategik hamkorligini yanada rivojlantiruvchi, xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiluvchi qoʻshma bayonot qabul qildik, davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollarini belgilab oldik.

Men Xitoy – Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalashtirilgan ilk “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etishingizni va Xitoyga davlat tashrifingizni kutib qolaman.

Siz bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda mamlakatlarimizning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etishimiz Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligini yanada yuqori darajaga koʻtarishiga ishonchim komil.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sogʻlik-salomatlik, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Doʻst Oʻzbekiston xalqiga baxt va farovonlik hamisha yor boʻlsin!

Ehtirom ila,

Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.