Xitoy Xalq taronalari Toshkentda

0
399
marta koʻrilgan.

Xitoy milliy opera, raqs va drama teatri 1951 yilda tashkil topgan. Teatr tarkibida opera, raqs truppalari, simfonik orkestr, stenografiya studiyasi va xalq cholgʻulari orkestri mavjud. Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli ushbu nufuzli dargohga musiqashunos olim Tao Chen rahbarlik qilmoqda. 

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida «Xitoy yangi yili: quvnoq bahor bayrami» deb nomlangan konsert aynan shu teatrning xalq cholgʻulari orkestri tomonidan namoyish etildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Teatrning xalq cholgʻulari orkestri «Madaniy meros» va «Ipak yoʻli» konsert dasturlari orqali Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikistonda ijodiy safarda boʻlib, xitoy xalqining musiqiy anʼanalarini namoyish etishga mavaffaq boʻldi. 
 

Nasiba Ziyodullayeva, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.