Xivada YUNESKO shafeligida oʻtkazilayotgan xalqaro madaniyat forumi  biz yoshlarni oʻz yurtimiz bilan faxrlanish tuygʻusini kuchaytiradi

0
246
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda viloyatimizda bayramona kayfiyat kezib yuribdi. Joriy yilning 13–21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida anʼanaviy Madaniy meros haftaligi doirasida oʻtkaziladigan bir qator tadbirlar Xivadan boshlandi.

Qoʻhna ark maydonida 14 sentyabr kuni “Xiva – turkiy dunyo madaniyati poytaxti” deb nomlangan katta konsert dasturi oʻtkazildi.

Shuninglek, “Xiva – turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilingani munosabati bilan ham tantanali tadbir uyushtirildi. Mazkur tadbirni bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib,  ishtirokchi davlatlar vakillarini samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng, tadbirda Yuneskoning Oʻzbekistondagi vakili Gabriella Ramos hamda «Turksoy» xalqaro tashkiloti direktori oʻrinbosari Bilol Chakiji soʻzga chiqib, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Xiva shahar hokimi Temur Davletovga Xiva shahrining «Turkiy dunyo madaniyat poytaxti» deb eʼlon qilinganligi toʻgʻrisidagi sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.

Oʻzbekistonning «Turksoy»ga aʼzo boʻlishi yurtimiz madaniyati va tarixini xalqaro miqyosda keng targʻib etishga xizmat qlishi bilan birga biz yoshlarni oʻz yurti bilan faxrlanish tuygʻusini yanada kuchaytiradi. Buyuk ajdodlarimizga munosib avlod boʻlishga chorlaydi.

Elyor POLVONOV 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.