Xorijdagi vatandoshlar orasida oʻzbek milliy qadriyatlariga, maʼnaviy va diniy ehtiyojlariga zarurat sezilmoqda

0
242
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Zokir Abidovning soʻzlariga koʻra, bugun dunyoning 100 ga yaqin mamlakatida 10 milliondan ortiq etnik oʻzbekistonlik mavjud.

Markaziy Osiyo, Yevroosiyo va Amerikada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan 170 dan ortiq milliy madaniy markazlar, jamiyatlar tashkil etilgan.

«Xorij davlatlarida yildan yilga hamyurtlarimiz soni ortib borishi, u yerda tugʻilib oʻsayotgan farzandlari orasida milliyligimiz, urf-odatlarimiz va tilimizning yoʻqolib ketishini oldini olish, ularni Ona Vatan bilan uzviyligini taʼminlash har qachongidan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chet eldagi vatandoshlarimiz va ularning farzandlarini oʻzbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar bilan taʼminlashda ham qilinadigan ishlar koʻp», — deyiladi Zokir Abidovning bugun.uz saytidagi maqolasida.

Taʼkidlanishicha, xorijda yashayotgan hamyurtlarimizni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, milliy oʻzlikni saqlab qolish, chetda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarimizning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yoʻnaltirish maqsadida xalqaro tashkilot ochish dolzarb boʻlib turgan bir paytda Prezident tashabbusi bilan «Vatandoshlar» jamoat fondini tashkil etish taklifi bildirildi.

Fond Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga, mamlakatning milliy manfaatlarini mintaqada va jahonda ilgari surishga, vatandoshlar bilan muloqot va hamkorlik oʻrnatish orqali xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.