Yangi qonun qisqichbaqasimonlar huquqlarini himoya qiladi

0
677
marta koʻrilgan.

Shveysariyada lobsterlar(qisqichbaqasimonlar) huquqini himoya qilishga qaratilgan qonun ishlab chiqildi, deya xabar beradi  Euronews axborot xizmati.

Mamlakat restoranlarida endi lobsterlar tiriklayin qovurilmaydi yoki qaynatilmaydi, balki qozonga tashlashdan avval elektroshok orqali oʻldiriladi yoki miya tizimiga mexanik tarzda zarar yetkaziladi. Yangi qonun joriy yilning 1 martidan kuchga kiradi.

Olimlarning aniqlashicha, lobsterlarda asab tizimi yaxshi rivojlangan boʻlib, ogʻriqni his qiladilar. Tiriklayin oʻtga tashlash esa qiynoqqa duchor qilish boʻlib, jonzotlar huquqlarini buzish sanaladi. Olimlarning fikricha, lobsterlarni elektroshok orqali yoki miya tizimiga mexanik tarzda zarba berib jonini olish esa nisbatan ogʻriqsiz oʻtadi.

Yangi qonunda, shuningdek, itlarning huquqlari ham himoya qilingan. Qonunga koʻra, itlarni koʻp hurimaslikka oʻrgatish maqsadida taqiladigan maxsus boʻyinbogʻlar taqish man etiladi.

Oydin Saʼdullayeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.