YUNYeSKO Shahrisabz shahrini butunjahon merosi roʻyxatida qoldiradi

0
186
marta koʻrilgan.

YUNYeSKO Butunjahon merosi qoʻmitasining Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan 43-sessiyasi chogʻida “Shahrisabzning tarixiy markazi” butunjahon merosi obyekti borasida qaror qabul qilindi, deb xabar beradi jahonnews.uz.

Hujjat Oʻzbekiston rahbariyatining butunjahon merosi obyektlarini himoya qilish boʻyicha koʻrayotgan choralarini, xususan tarixiy shaharlardagi barcha qurilish ishlarini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi hukumat qarorini qoʻllab quvvatlaydi. U shaharni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflarni oʻz ichiga oladi va Shahrisabz shahrini butunjahon merosi roʻyxatida qoldirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.

Oʻzbekistonning YUNYeSKOdagi Doimiy vakolatxonasi bergan maʼlumotga koʻra, qaror oʻtgan bir yil davomida tashkilot bilan olib borilgan kompleks muloqotlarning natijasi boʻldi. 2014-yildan buyon birinchi marta Butunjahon merosi qoʻmitasi Oʻzbekistonning madaniy merosni saqlab qolish masalalarida YUNYeSKO bilan ishlash tarafdori ekanligini eʼtirof etdi va tomonlarning 2016-yildan beri hamkorligini ijobiy baholadi.

YUNYeSKO bundan buyon Shahrisabzning butunjahon merosi roʻyxatidan chiqarib tashlash toʻgʻrisida talab qoʻymayapti va keyingi ikki yil davomida shaharni qayta tiklash boʻyicha aniq choralarni ishlab chiqishni taklif qilyapti.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.