Abrorxon Muhsimov: rasm chizish kayfiyatimni koʻtaradi

0
1356
marta koʻrilgan.

Men, Muhsimov Abrorxon,  Toshkent shahridagi Uchtepa tumani 75-maktabining 3-«G» sinf oʻquvchisiman. Toshkent shahar «Bilim»  axborot-kutubxona markaziga onam bilan tez-tez borib turamiz. Birgalashib kitob tanlaymiz. 

Kitob oʻqishni, rasm chizishni xush koʻraman.  Karantin davrida kutubxonaga borib oʻtirmaymiz. Onlayn kitob  buyurtma berish usulidan foydalanayapmiz. Koʻplab ertaklarni  onam koʻmagida buyurtma berib  oʻqib chiqdim. Hozir esa karantin davrida chizgan suvratlarimdan bir qismini tahririyatingizga joʻnatdim. Men gullar va hayvonlarning rasmini chizishni yaxshi koʻraman. Chunki ularda yorqin ranglar bor. Bu harakatim meni kayfiyatimni koʻtaradi. Ayniqsa onam maqtab qoʻyganida xursand boʻlaman. Chizganlarim sizlarga maʼqul kelsa xursand boʻlardim.

Aziz tengdoshlarim, karantin davridagi boʻsh vaqtingizni mazmunli oʻtkazmoqchi boʻlsangiz,  kutubxonaga onlayn aʼzo boʻling. Uyda qoling, kitob oʻqing, rasm chizing.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.