Assalomu alaykum!
Hurmatli yurtdoshlar, “Gujum.uz” saytining “Begʻaraz sovchilik” rukniga xush kelibsiz. Azaldan koʻpgina xalqlarda sovchilar el ichida hurmat-eʼtiborli kishilar boʻlishgan. Hozirgi tezkor axborot asrida yoshlar bilim olish, oʻqish va ish bilan band boʻlib, ayrim holatlarda vaqt oʻtkazganini sezmay ham qolishadi. Baʼzan yigit va qizlarning oʻzaro tanishib, oila qurishiga kattalarning hayotiy tarjibasi, yordami zarur boʻladi. Olloh insonni juft qilib yaratgan. Har bir inson oila bagʻridagina oʻzini toʻkis baxtli his qiladi. Shuning uchun ham keksalarimiz duoga qoʻl ochganlarida yoshlarga qarata “baxtlaring bekam, bagʻirlaring butun boʻlsin” deya ezgu tilak bildirishadi. Biz ham yaxshi niyat bilan oʻz baxtini izlab yurganlarga beminnat xizmat qilishga bel bogʻladik.
Ammo, biz xolis niyat bilan qonuniy oila qurish niyatida boʻlgan fuqarolargagina amaliy koʻmak beramiz. Kimdir hayot zarbalariga uchrab, taqdiri ayro tushgan boʻlsa, barcha rasmiy hujjat (pasport, ajrashganlik yoki oʻlim guvohnomasi)dan nusxalarni bizga taqdim etishlari zarur. Bizning shior — “Son emas, sifat muhim”. Eng muhimi biz yuz kishi bilan ishlamaylik, oʻn kishi bilan ishlaylik va natija aʼlo daraja boʻlib, jamiyatimizning boshlangʻich bugʻini boʻlgan namunali oila vujudga kelsin. Bizga murojaat etganlarning shodon chehralarini koʻrib, oʻzimiz ham qalbimizda bu ulkan baxtni his etaylik.
MUROJAATLAR:
E – 1. Toshkentda yashovchi asli xorazmlik oila. Yoshi 19 dan 23gacha boʻlgan, maʼlumoti oliy, til biladigan va boʻyi 160dan 170gacha boʻlgan kelinlikka nomzod izlayapti.
E – 2. Toshkent viloyatida yashovchi 40 yoshli ajrashgan erkak oila kurish niyatida. Oilasining taʼminoti uchun barcha shart-sharoiti mavjud.Oʻzi oʻrta-maxsus maʼlumotga ega.
E – 3. 34 yoshli uylanmagan, asli qoraqalpogʻistonlik oʻzbek yigit boʻyi 170 sm kam boʻlmagan va ingliz tilini yaxshi biladigan qizga uylanish niyatida. Boʻlajak kuyov Toshkent shahrida tugilib oʻsgan. Nufuzli joyda ishlaydi. Kelajakda rafikasining ham oʻzi bilan ishlashini orzu qiladi. Kelinlikka nomzod kizlarning respublikaning qaysi hududida yashashining ahamiyati yoʻq.Yigit yoshiga nisbatan ancha yosh koʻrinadi va u sportchilardek qaddi-qomatga ega.
E – 4. Asli xorazmlik 26 yoshli, oliy maʼlumotli yigitning onasi 19-25 yoshli, oliy maʼlumotli yurtdosh qizni kelinlikka izlayapti. Yigit Toshkentda tugʻilib oʻsgan.
A – 1. Samarqand shahrida yashovchi 34 yoshli, bir nafar qizchasi bilan ajrashgan ayol oʻziga munosib ziyoli yigitga turmushga chiqish niyatida. Kelinlikka nomzod oliy maʼlumotli.
A – 2. Surxondaryolik 30 yoshli,oʻkituvchi qiz oʻziga munosib yigitga turmushga chiqish niyatida.
A – 3. 35 yoshli namanganlik, oliy maʼlumotli qiz Namangan yoki Toshkentda yashovchi ziyoli yigitga turmushga chiqish niyatida.
A – 4. Buxoro viloyatida yashovchi 27 yoshli, bir nafar oʻgʻilchasi bilan ajrashgan tikuvchi qiz mehribon insonga turmushga chiqish niyatida. Hozir u ota-onasi bilan yashaydi.
A – 5.Toshkent shahrida yashovchi, 26 yoshli, oliy maʼlumotli, qoraqalpoq qiz asli nukuslik boʻlgan yigitga turmushga chiqish niyatida.
A – 6. Asli xorazmlik, xozirda Toshkent shahrida yashovchi, oliy maʼlumotli, nufuzli muassasada ishlovchi 38 yoshli qiz oʻziga munosib yigitga turmushga chiqish niyatida.
A – 7. Asli fargonalik, oliy maʼlumotli, 26 yoshli ingliz tili oʻqituvchisi oʻziga munosib inson bilan oila qurish niyatida. Kelinlikka nomzod qiz Toshkent shahrida yashaydi.
A – 8. Toshkent viloyatida yashovchi bir nafar qizchasi bor 36 yoshli oʻqituvchi ayol insof-diyonatli, bolajon erkak bilan oila qurmoqchi.
A – 9. Kashkadaryolik 7 yoshli qizchasi bor 35 yoshli tikuvchi ayol samimiy insonga turmushga chiqmoqchi.
E – 5. Respublikaning qaysi hududidan boʻlsa ham ingliz tilini yaxshi biladigan va millatidan qaʼtiy nazar(faqat musulmon qiz), qaddi- qomati kelishgan hamda boʻyi 170 smdan kam boʻlmagan 18-34 yoshgacha boʻlgan qiz kelinlikka qidirilmoqda. Kuyov boʻlmish uylanmagan va Toshkentda yashaydi. Uning uy-joyi va ishi tayin.
A – 10. Toshkentlik, buyi 176 sm, 25 yoshli, ingliz tili oʻqituvchisi, yevropacha tarbiya koʻrgan qiz oʻziga munosib xonadonga kelin boʻlish niyatida.
A – 11. Toshkentlik, 27 yoshli bir nafar qizchasi bilan ajrashgan ayol uyim-joyim deydigan erkakka turmushga chiqmoqchi.
A – 12. Toshkentlik 50 yoshli ayol (yoshiga nisbatan ancha yosh koʻrinadi) oʻgʻil-qizlaridan tingan, iymonli inson bilan oila qurish niyatida.
A – 13. Asli fargonalik 21 yoshli qiz Toshkentda ota-onasi bilan yashaydi. Xozirda oʻquv markazida mutaxassis boʻlib ishlaydi. U ham oʻziga munosib yigit bilan oila qurmoqchi.
A – 14. Toshkent shahrida yashovchi asli vodiylik 26 yoshli tarbiyachi qiz oʻziga munosib oila farzandi bilan umr yoʻllarini bogʻlash niyatida.
A – 15 -16. Sirdaryo viloyatida yashovchi 37 va 39 yoshli turmushga chiqmagan hamshira opa-singillar hayotda oʻz oʻrnini topgan yigitlarga turmushga chiqish niyatidalar.
E – 6. Qoʻshkoʻpirlik 69 yoshidagi oliy. Maʼlumrtli, oʻzbek beva kishi (boʻyi 176 sm vazni120) nafaqada boʻlsa ham mehnat bilan band, oilaviy parrandachilik fermasani kuzatadi, farzandlariga maslaxatchi. Farzandlari mustaqil har biri oʻz uy-joyiga ega. TUYDAN KEYIN YASHASH JOYI: Uyda yoki fermada barcha kulayliklar bilan (gaz, svet, issiq va sovuq suv, dush, vanna unitaz, kanalizatsiya, avtomat kir yuvish mashinasi). U oʻziga 45-55 atroflaridagi rafiqa izlayapti
E – 7. Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turuvchi, ammo, hozir taqdir taqozosi bilan ijarada yashovchi, ajrashgan, 35 yoshli kelishgan, ziyoli yigit oʻziga munosib umr yoʻldoshi qidirmoqda. Boʻlajak rafiqasining 1-2 farzandi boʻlib, yoshi 35-40 atrofida boʻlsa ham rozi.
E – 8. Poytaxtda doimiy roʻyxatda turuvchi va oʻz uy — joyiga ega, 59 yoshli tojik millatiga mansub erkak 35-40 yoshli tojik ayolga uylanish niyatida. Kelajakda yana farzandlar koʻrishni istaydi.
A – 17. Turmushga chiqmagan, 35 yoshli jizzaxlik chevar qiz 30-50 yoshli, ajrashgan yoki beva erkakka turmushga chiqish niyatida. Farzandlari boʻlsa ham rozi. Hozirda u poytaxtda ukasi bilan yashaydi.
A – 18. 35 yoshli xorazmlik turmushga chiqmagan, oliy maʼlumotli qiz 30-45 yoshli erkakka turmushga chiqish niyatida. Hozirda u Toshkent shahrida nufuzli idorada ishlaydi.
A – 19. Sirdaryolik 35 yoshli turmushga chiqmagan qiz 30-40 yoshli erkak bilan oila qurish niyatida. U ham hozirda poytaxtda oshpaz yordamchisi boʻlib ishlaydi.
Ushbu abonentlar kimdadir qiziqish uygʻotsa (97) 745-66 21 raqamiga telefon qiling
Gulshirin.