MUNOSABAT: Bir kishi oʻnlab kishiga yuqtirgani, yana yuzlab kishini karantinga tushishiga sababchi boʻlgani jinoyat emasmi?!

0
172
marta koʻrilgan.

Ushbu suratdagi vrachlar Italiyadagi koronavirus bilan kurash olib borgan, kunlarni kunlarga ulab, tunlarni bedor oʻtkazgan fidoyi shifokorlar! Kasbiga sadoqatli ushbu insonlar oʻzlari xam kasallikka chalinib bir oy ichida vafot etishgan. Ular kimningdir otasi, kimningdir onasi, turmush oʻrtogʻi, singlisi, akasi… Jonini fido qilganlarning joyi jannatlarda boʻlsin. Alloh oʻz marhamatiga, rahmatiga olsin.

Ular bizga begona. Lekin taqdirlariga achinamiz. Oʻzimizning shifokorlar-chi?, Ular ham qay birimizning yaqinlarimiz, jon-jigarlarimiz. Ularning xam suratlari mana shu holatda chiqmasligi uchun sabr qilaylik. Uyda oʻtiraylik. Vatan daʼvatiga, hukumat chora-tadbirlariga, tartib-qoidalarga rioya qilaylik!

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov «Oʻzbekiston 24» telekanalidagi chiqishida taʼkidlaganidek, “oʻzining kasalligini bila turib oʻnlab kishilarga virus yuqtirayotganlarning holatlari, hatti-harakatlari «aslida, bu — jinoyat». Darhaqiqat, bir kishi oʻnlab kishiga yuqtirgani, yana yuzlab kishini karantinga tushishiga sababchi boʻlgani jinoyat boʻlmasdan nima?

Oʻzingizni, oilangizni, kunu tun tinim bilmayotgan, uyiga ham bora olmayotgan vrachlarni, elni, yurtni oʻylang. Keyinchalik sizni vijdon azobi qiynamasin! Sabr qiling. Sabr tagi oltin deydi xalqimiz. Uyda qolib,  mutaxassislarning tavsiyalariga, karantin davrining tartib -qoidalariga qatʼiy rioya qiling, shundagina ushbu sinovli kunlarni tezroq  yengib oʻtamiz! Butun  kuchu shijoatimiz, bilimu tajribamiz, sabru qanoatimizni  jamlasak,  Allohning siylovlariga ham yetamiz!

Hurmatli yurtdoshlar! Unutmang, masʼuliyatli boʻlishimiz, barcha qoidalarga amal qilishimiz bilan nafaqat oʻzimiz, oilamiz, yaqinlarimiz, farzandlarimiz, balki butun yurtimiz odamlarini, jumlai jahon ahlini asrab qolamiz!

 Markazimiz va saytimiz jamoasi nomidan barchangizga ezgu tilaklar bildirib qolamiz.

Nodira SAʼDULLAYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti oʻqituvchisi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.