Diqqat tanlov: Ezgu oʻyli bolalar

0
211
marta koʻrilgan.

Assalomu-alaykum, aziz yurtdoshlar! Toshkennt shahar «Sogʻlom ona va bola» markazi va gujum.uz sayti  Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Ezgu oʻyli bolalar” tanlovini davom qildiradi.

Maqsadimiz. Farzandlarining tarbiyasiga masʼuliyat bilan eʼtibor berayotgan bobojonu buvijonlar, ota- onalar va bolajonlar tanlov Siz uchun! Bu oilaviy tanlov boʻlib, taʼtil  vaqtini kitob oʻqish orqali bolalarning oʻz isʼtedodini namoyon qila olish imkoniyatini yaratmoqchimiz.

 Tanlov tartibi: Aziz bolajon, Siz oʻzingiz oʻqib tugatgan kitobning mazmun- mohiyatini qisqacha sharhlaysiz,   yaʼni insho yozib, gujum @ list.ru elektron pochtamizga yoʻllaysiz. Goʻzal va mazmunli yozilgan har bir inshoni saytda yoritib boramiz. Saytimizda eng koʻp oʻqilgan uchtasining muallifini gʻolib deb belgilaymiz. Ushbu tanlov beshinchi sinf  va undan yuqori sinf oʻquvchilari uchun. Gʻoliblarni diplom va qimmatbaho estalik- sovgʻalar kutmoqda!

 Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun esa alohida uch oʻrinlik tanlovimiz bor. U ikki bosqichli boʻladi. Birinchi bosqichda  kichkintoylar, oʻzingiz oʻqigan kitoblar haqida ota-onangizning yordamida fikringizni yozib bizga joʻnatasiz(0,5-1 betlik). Ikkinchi bosqichda Mutaqqillik bayrami arafasida tadbir uyushtiramiz. Tadbirda  oʻquvchilar uchun alohida oʻqish bellashuvi oʻtkazamiz. Eng toʻgʻri va ifodali oʻqigan bolalar orasidan gʻoliblar tanlab olinadi. Unda albatta,  ezgu oʻyli kichkintoylarning yozgan fikratlari va sayt mushtariylarining qoʻllab quvvatlashi ham eʼtiborga olinadi. Sizni diplom va qimmabaho sovgʻalar kutmoqda.

Maqsaddan kelib chiquvchi natijalar.  Bolajonlar  yaxshi oʻqishingiz bilan ota-onangizga, oʻqituvchilaringizga koʻmak berasiz. Aziz ota-onalar! Yozgi taʼtilni farzandingiz bekor oʻtkazmasligi uchun uning ijodiy faoliyatini namoyon qilib qoʻllab quvvatlaysiz, degan umiddamiz.

Saytimizda kitobga  munosabatni, shaxsiy fikrini bildirib yozilgan insholarning mualliflarini oila davrasida kitob oʻqib oʻtirgan rasmlari bilan chop etamiz. Bu Sizni ijodiy fikrlashga ham, sermazmun muloqotga ham undaydi. Uni saytning ijtimoiy tarmoqlarida ham ulashamiz.

Biz sizni ijodiy fikrlashga, sermazmun muloqotga undaymiz.

Raʼno ZARIPOVA, Toshkennt shahar «Sogʻlom ona va bola» markazi va gujum.uz elektron nashr  rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.