Gurlan tumani Guliston qishlogʻidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 7-«b» sinf oʻquvchisi Roʻzmatova Durdona va 2-sinf oʻquvchisi Roʻzmatov Abrorbek Yangi Oʻzbekiston bogʻini suratini chizib tahririyatga yuborishibdi.
– Biz taʼtilda ushbu bogʻni sayru sayohat qildik. Bizga juda yoqdi. Ukam Yangi Oʻzbekiston bogʻini tasavvurida qayta gavdanlantirib, rasmini chizdi. Men unga yordamlashib yubordim, – deydi Durdona, – Ijodiy hamkorlik, hamfikrlilik yaxshida!
gujum.uz