«Ezgu niyatli bolalar» tanloviga: Chingiz Aytmatovning  «Oq kema» asari odamiylik qissasi

0
1558
marta koʻrilgan.

Qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissasi oʻtgan asrning 70-yillarida yozilgan. Asarda insoniy goʻzallik, ezgulik va turmush ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tasvirlanadi.

Men ushbu asar asosida ishlangan kinoni koʻrgandim. «Oq kema» kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozongan.

Poytaxtning Yunus Rajabiiy nomidagi mahalla minikutubxonasining  QR kodli afishasidan kitob matnini  telefonimga yuklab oldim. Va maza qilib uyda oʻqidim.

Asarda turfa feʼlli odamlar-ijobiy va salbiy obrazli kishilar  tasvirlangan. Asarning bosh qahramoni orzular ogʻushidagi goʻdak. Kichkina bola orqali oila muammolari, norasida bolaning oʻy – xayollari, otasiga boʻlgan sogʻinchi ifodalangan. Bolakay baliqqa aylanib, bobosi aytgan oq kemaga suzib borib,  ota- onasining diydoriga toʻyib yashashni orzu qiladi. Ana shu goʻdaklarga xos xayollari  uni ozorlaydi. Ushbu kitobni oʻqishni nafaqat tengdoshlarimga, kattalarga ham  tavsiya qilaman.

 Dilafroʻz Rajabova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.