Ezgu oʻyli bolalar tanloviga: Olim bola ertaklari

0
528
marta koʻrilgan.

Azadboyev Feruzbek Xorazm viloyati, Gurlan tumani 33-son maktabning 5-sinf oʻquvchisi:

“Olim   bola  ertaklari”   kitobini oʻqib tugatdim. U oʻzbek   xalq  ertaklari   asosida  tayyorlangan boʻlib,  yosh  kitobxonlar  va  farzandlariga oʻqib berish uchun ota-onalarga  moʻljallangan.  Ertaklar sahovat, raxmdillikni,  devyurakligini,  sabr-matonatni, yaxshilikni  qadrlashni, kattaga  hurmat, kichikka  izzat  koʻrsatishni tarbiyalaydi.  Bu kitobni  men buvimning  tavsiyasi bilan oʻqidim. Buvim bilan fikrlashdim. Oʻqiganlarimni gapirib berdim. Ayniqsa, menga  “Ayyor bilan  sodda”, “Ochkoʻz boy”,  “Oltin olma”  ertaklari  juda yoqadi.

Ayni kunda “Mening birinchi ensiklopediyam” turkumidan chop etilgan “Gʻaroyib oʻsimliklar, suv oʻsimliklari va oʻrmon oʻsimliklari” kitobini oʻqishga boshladim. Ushbu kitob menga dunyoning turfa oʻsimliklari bilan tanishish imkonini yaratmoqda. Oʻzbekistonda yoʻq gʻaroyib oʻsimliklar haqida maʼlumotlarni oʻqiyapman. Yana rasmlarining gʻaroyibligini koʻrsangiz lol qolasiz. Tengdoshlarimga oʻqishni tavsiya qilaman.

 Buvijonimga raxmat. Shunday goʻzal qiziqarli kitoblarni oʻqishni tavsiya qilayotgani uchun xursandman. Buvijonim oʻqituvchilar. Biz qanday kitob oʻqishimiz kerakligini yaxshi biladilar. Oʻqiganlarimizni gapirib berishga oʻrgatadilar. Biz bilan fikrlashadilar. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.