Assalomu-alaykum aziz yurtdoshlar, TANISHING va ishtirok eting! Ezgu oʻylarimiz Siz uchun! Uyda oʻtkazayotgan vaqtingizning bir qismini kitob oʻqish bilan oʻtkazayotganingizga ishonamiz. Shu bois yangi #tavsiyakitobim challenjini uyushtirdik. Ushbu muloqot bahor gullaridek koʻnglingizni yoritadi, bir-biringizga ezgulik ulashasiz, degan umiddamiz.
Pandemiyani yengishda birlashaylik, yaqinlarimizni, oʻzimizni asraylik. Ushbu holatning jiddiyligini inobatga olishimiz, toʻla anglamogʻimiz shart va barcha tibbiy qoida va yoʻriqlarga qatiy amal qilmogʻimiz kerak. Bu bilan biz davlatimizga, xukumatimizga pandemiyani yengishga yordam bergan boʻlamiz…
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi Toshkennt shahar «Sogʻlom ona va bola» markazi bilan hamkorlikda pandemiyani oldini olish, karantin davrida aholimizning va ayniqsa yoshlarimizning uyda qolib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga oid alohida ishlab chiqilgan chora tadbirlarini qoʻllab quvvatlab faoliyat olib bormoqda.
“Bilim” markazining Veb-sayt: bilim.natlib.uz, Telegram: @bilim_akm, Instagram: @bilim_akm, Facebook: @bilimakm, Twitter: @AkmBilim, Audiokitoblar @lib_audiobooks, Elektronkitoblar @lib_books kabi ijtimoiy tarmoqlari orqali siz aziz kitobxonlar uchun kitoblarning elektron shakllari, audio kitoblar, ertaklar, videoroliklar kabi targʻibot usullari bilan onlayn xizmatidan maqsadli foydalaning!
UYDA QOLING VA KITOB OʻQING!!! Ushbu maqola bilan sizlarni yangi tashkil etilgan har bir faol kitobxon oʻzi oʻqigan kitobini boshqa yurtdoshlariga ham tavsiya qilishga qaratilganligi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kitob almashlab oʻqishning elektron usuli, boʻsh vaqtingizdagi ezgu muloqot desak ham boʻladi.
Siz oʻzingiz oʻqib tugatgan kitobning qisqacha maʼnosi haqida gapirib “Men ushbu kitobni oʻqishni tavsiya qilaman. Siz qaysi kitobni tavsiya qilasiz?” deb videomurojaatni @bilim_adminga yoki gujum @ list.ru ga yoʻllashingiz kerak boʻladi. Biz goʻzal va mazmunli tavsiyalaringizni gujum.uz saytida ham maqola sifatida yoritib boramiz. Bu Sizni ijodiy fikrlashga ham, sermazmun muloqotga ham undaydi. Uni saytning ijtimoiy tarmoqlarida ham ulashamiz.
Qadrli kitobxonlar #uydaqoling va o’zingiz o’qigan eng yaxshi kitobni tavsiya qiling! #tavsiyakitobim”.
Aziz vatandoshlar! Siz va biz koʻpgina mashaqqatlarni yengib chiqqan mard va olijanob xalqimiz! Azal azaldan sinovli kunlarda vazmin boʻlib, birlashib, bir-birimizni qoʻllab quvvatlab kelgan xalqmiz. Bugungi mashaqqatli kunlarda ham milliy qadriyatlarimizga xos boʻlgan birdamlik, bagʻrikenglik har qachongidan koʻra koʻproq muximdir.
Hurmatli eldoshlar, bu murakkab sinovlarni yengib oʻtishning asosiy omillaridan biri bu – qatʼiy intizom, yaʼni yuksak masʼuliyat bilan sanitariya va shaxsiy gigiyena talablariga toʻliq rioya qilib, jamiyatimiz fuqarolarining ahil va hamjihat boʻlishidadir!
Uyda qolib, sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya qilishni unutmaylik! Qachonki jipslashib, mutaxassislarning tavsiyalariga, qolaversa karantin davridagi tartib intizomga, qoidalarga qatʼiy rioya qilsak, shundagina ushbu sinovli kunlarni tezroq va samarali yengib oʻtamiz! Biz albatta yengib oʻtamiz, ishonamizki bunga kuchimiz, bilimimiz, tajribamiz, sabr- qanoatimiz va albatta ShIJOATIMIZ yetarli!⠀
Hurmatli yurtdoshlar! Unutmang, masʼuliyatli boʻlishimiz, barcha qoidalarga amal qilishimiz bilan nafaqat oʻzimiz, oilamiz, yaqinlarimiz, farzandlarimiz, balki butun INSONIYATni asrab qolamiz!
KUCH BIRLIKDA, BIZ ALBATTA YeNGAMIZ!!!
Hafiza KARIMOVA, Toshkennt shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori
Raʼno ZARIPOVA, Toshkennt shahar «Sogʻlom ona va bola» markazi rahbari