Men Yunus Rajabiy mahallasida joylashgan 91- maktabning 4-sinfida oʻqiyman. Ismim Behruz. Uyimizning yonidagi minikutubxona menga yoqadi. Bolalarbop kitoblarni doʻstlarim bilan mutolaa qilib turamiz.
Ushbu minikutubxona tashkil etilganiga 2 yil boʻlyapti. Avvallari odamlar kitob olib ketishardi-yu, biroq oʻzlari qoʻyishmasdi. Bugungi kunda har kuni yangi kitoblarga koʻzingiz tushadi. Men buni qayerdan bilaman? Ushbu kutubxonani buvim tashkil etgan. “Changlarini artib, kitoblarning botartib turishiga qarab tur”, deya topshiriq berganlar.
– Mini kutubxonaning asosiy maqsadi kitob almashib oʻqish, bir-biriga ilm, ziyo ulashish. Agar kitobsevarlar kitobdan bittasini uyda oʻqishga olib ketsa, oʻrniga boshqa kitobni tashlab ketishi kerak. Shu yoʻl bilan odamlar bir-biriga ilm ulashadi, ziyo ulashadi. Bu esa savob degani, – deydi buvim.
Biz mahalladagi doʻstlarimiz. Azizjon, uning singlisi Kamola, Muslima va ukasi Umar va ukam Yusuf bilan birga minikutubxonaning changlarini artib, kitoblarni tartibga keltirib turamiz.
Odamlar kitoblarni olishadi-da olgan joyiga qoʻyishmaydi. Uch-toʻrt kun eʼtibor bermasak, kitoblar tartibsiz qolashib ketadi.
Bir yil ichida odamlar ushbu mini kutubxonani kitob almashib oʻqish maskani ekanligini tushinishdi. Endi oʻqigan kitobini olgan javoniga yaʼni joyiga qoʻyishsa kitoblar botartib turardi. Chunki, kitoblar javonga mavzular boʻyicha joylashgan.
Asta-sekin unga ham oʻrganishadi, deb oʻylayman. Chunki, hozir kitob almashib oʻqish yoʻlga qoʻyildi. Yangi-yangi kitoblar qoʻyib ketishyapti. Masalan, 1-4 sinflar uchun ruscha va oʻzbekcha test kitoblarin qoʻyib ketishdi. Undan biz ham foydalandik.
Shoira Sharifa Salimova minikutubxonamiz bilan tanishib, “Hayvonot olamiga sayohat” kitobini armugʻon qildi. Bu sheʼrlar kitobi menga maʼqul keldi. ”Olmaxon” sheʼrini yodlab oldim.
Chunki, olmaxonlarni tomosha qilishni xush koʻraman. Bobom ekkan va biz ukam Yusuf bilan sugʻorib turadigan yongʻoqlarga olmaxonlar kelib shoxlardan shoxlarga sakrab oʻynashadi. Yongʻoqlardan uzib olib oldingi oyoqchalari bilan yoyishini uzoq kuzataman. Ularni tasvirlarga ham olganman. Yaqinda maktabga chiqamiz. Taʼtil tassurotlari haqida oʻqituvchimiz soʻraganida shularni gapirib beraman.
Minikutubxonaga xush kelibsiz, qadrdon tengdoshlarim. Undan foydalaning va saranjom-sarishtaligiga ham eʼtibor bering.
Behruz Saʼdullayev, 91-maktabning 4-sinf oʻquvchisi